SAROYCHIQ

SAROYCHIQ — Oltin O’rda shaharlaridan biri. Gurev sh.dan 60 km masofada, Ural daryosining o’ng qirg’og’ida joylashgan (13-a.ning 2-yarmi). Shaharning nomi qo’lyozma manbalar hamda 14-a.da shu erda zarb qilingan tan- galar orqali yaxshi ma’lum. S. 1395 y. Amir Temur va To’xtamish o’rtasida bo’lib o’tgan urushdan zarar ko’rgan. Shahar aholisi Volga daryosi bo’yidagi ko’pgina shaharlar b-n savdosotiq qilgan. S. ancha muddat davomida Oltin O’rda va G’arbiy Evropa tojirlari uchun Osiyo mamlakat- lari b-n tijorat, ishlarini yuritishga o’ziga xos ko’prik vazifasini o’tagan. S. bir tomondan Oltin O’rda xonligini SaroyBerka b-n, 2tomondan esa Xorazm markazi Urganch b-n mustahkam bog’lagan. Ushbu yo’l 13-14-a.larda Sharq va G’arbni birlashtiruvchi bosh karvon yo’li hisoblangan. Sdan Urganchgacha bo’lgan yo’lning har 30 km da quduqlar qazilgan, karvon saroylar barpo etilgan. Ushbu savdosotiq yo’li Oltin O’rdaning bir qancha yirik shaharlari, xususan, Urganch orqali S.qa yo’naltirilgan. Bu erda yo’l shim. va Jan. tomonlarga qarab bo’lingan. Yo’lning shim. qismi SaroyBerka (saroy aljadid), Jan. qismi esa Hojitarxon orqali Mojar hamda Azov b-n bog’langan. Manbalarning dalolat berishicha, 1580 y. Yoyiq kazaklari hujumi paytida bu- tunlay vayron qilingan. Ad.: Egorov V.L., Istoricheskaya Geo- grafiya Zolotoy ordi v XIII—XVI vv., M., 1983.