Sarrof
Sarrof-shahar ko’chalari va rastalarida o’tirib, kishilarning yirik pullarini maydalab, qimmatbaho buyumlarini pulga almashtirib beruvchi shaxs. Sarroflar chet eldan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib berish, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush va boshqalarni aniqlash, ularning bahosini belgilash, ayrim kishilarning omonat pullarini, buyumlarini ma’lum muddatgacha saqlab berish kabi ishlar bilan ham shug’ullanganlar. Ilgari O’rta Osiyoning har bir shaharida sarroflik bilan shug’ullanuvchilar bo’lgan.