SARTABUTKON OLTIN KONI

SARTABUTKON OLTIN KONI – Qurama tog’larining Olmaliq rudali hududida joylashgan kon. 1931-34 y.larda ochilgan. Kon gersin burmalanish davrida shim. Qoramozor braxiantiklinalining shim. Qanotida gidrotermal sharoitda hosil bo’lgan. S.o.k. o’rta devon — quyi karbon ohaktoshlari va ularni yorib chiqqan o’rta karbon davri sienitdiorit intruziv jinslaridan tarkib topgan. Tomirlar shaklidagi ruda sienit va ohaktoshlar b-n birga xamda intruzivlarda joylashgan (qalinligi 20— 30 m). Kondagi asosiy foydali qazilma bo’lgan oltin har xil birikmalar tarkibida bo’lib, ba’zan sof holda uchraydi. Rudada ma’lum mikdorda kumush ham bor. Shuningdek, kvars (oz mikdorda pirit), xalkopirit, galenit, sfalerit, molibdenit kabi minerallar ham mavjud.