Sassiq tumov

Sassiq tumov, ozena burun bo’shlig’ining surunkali kasalligi. St., odatda, burun chig’anoqlari shilliq parda- si va suyak skeletining juda yupqalashib ketishi (atrofiya) va burun shilliq par- dasidan ajralib, tezda qaloqqa aylanuv- chi badbo’y quyuq shilimshiqchiqishi b-n kechadi. (q. Burun). Bunda burundan na- fas olish qiyinlashadi, burun va tomoq qichiydi, yo’tal paydo bo’ladi, hid bilish pasayadi yoki butunlay yo’qoladi. Atrofiya ko’z yoshi — burun kanali shilliq parda- siga ham tarqalgani uchun ko’z yoshi xal- tachasiga infektsiya kirib, dakriosistit yuzaga keladi; Evstaxiy nayi shilliq pardasiga o’tganda esa otit (q. Qulos) ro’y beradi, jarayon hiqildoq va traxeya- ga (q. Nafas) tarqalganda ovoz xirillab chiqib, nafas olish qiyinlashadi. Kasal- lik ko’pincha bolalar va o’smirlarda uch- raydi. Bemor, albatta, vrachga murojaat qilishi shart.