Sati

Sati — hindlarning xurofiy oda- ti. Unga ko’ra, beva ayollar vafot etgan eri b-n birga o’tda kuydirilgan. J. Neru yozishicha, bu odat qad. skif qabilalarida urf bo’lgan. Qad. sanskrit qonunlari S.ni rasman qoralagan. Akbar uni man etishga astoydil harakat qilgan. Hind ma’rifatchisi va faylasufi Ram Moxan Roy (1772-1833) va Bengaliya jamoat arbobi Dvarxant Tagor S.ni qonun yo’li b-n bekor qilishga erishdilar (1829). Hindiston Respublikasining Konsti- tusiyasiga binoan, eski qad. xurofotlar qatorida S odati ham mutlaqo qonunga zid deb e’lon qilingan.