Satira nimasi bilan jozibali?
Satira — jamiyatdagi, odamlar turmush tarzidagi va ularning fikrlash tarzidagi muayyan hodisalarning badiiy tanqididir. Satira she’riy shaklda, prozada, pyesa, kinofilm, hazil-mutoyiba shaklida bo’lishi mumkin. Amerikalik yumorist Ambrouz Birs o’zining ko’psonli hazillarida tevarakdagilar ustidan kulgan. Masalan: «Chittak o’zi keltirgani darajasida e’zozli bo’ladi», («Osmondagi turnadan qo’lga tushgan chittak yaxshi»). Yoki: «boshga ish tushganda do’stingga murojaat qilishdan oldin yetti bor o’lcha». Mashhur masallarni yozgan Ezop va Zamonamiz ertaklari»ni yaratgan Jeyms Turber inson telbaliklari va boshha qusurlarini qushlar, tulkilar va boshqa hayvonlarga ko’chirdilar. Inson qusurlari kulgu ostiga olinadigan adabiy usul satira deb ataladi. Volterning «Kandid» va Jonatan Sviftning «Gulliverning sayohati» asarlari ancha mashhur bo’lgan satirik asarlardir. Birinchisi dunyolardan eng yaxshisi bo’lan bu dunyoda hamma narsa yaxshilikka degan g’oyaning ustidan kuladi. Ikkinchi esa umuman inson qusurlari ustidan kuladi. Mumtoz satirik asarlarga tag’in bir misol — bu, Servantesning «Don Kixot»i. Don Kixot — g’oya izidan quvgan ritsar. U o’zining yarog’bardori Sancho Panso bilan hayotdagi nohaqliklarni tuzatishga urindi, eltigirmonlar bilan kurashdi, ammo barchasi foydasiz bo’lib chiqdi. Ko’pgina dramaturglar, ayniqsa XVII asrda, satirik pyesalar yozishgan. Eng buyuk hajvchi — dramaturglardan biri Moler edi.