Satira teatri

Satira teatri, Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri — O’zbekistondagi yagona hajv teatri. Toshkent sh.da joylashgan. 1986 y. «Gap egasini topadi» dasturi b-n ochilgan. «Tobutdan tovush» (Abdulla Qahhor) te- ATRning birinchi spektakli. M.Xo’jaev, X.Sa’diev, N. Otaboevlar teatr tashki- lotchilaridir. T.Sodiqov, L.Sa’dullaev, G.Sa’dullaeva, H.Musaboev, Sh.Rasulov, Sh. Ro’zioxunov, A.Ibotulinalar teat- rning birinchi aktyorlari. Hayotdagi sal- biy illatlarni, shaxslar xarakteridagi nuqson va kamchiliklarni fosh qilish va masxaralash, yangilik va yaxshilikka undash teatr ijodining asosiy xususiyatidir. «Sabil qoddi» (F.Musajonov), «Jan- jal» (Shukrullo), «mayiz emagan xotin» (A.Qaxdor asari asosida M. Boboev asa- ri), «Kulol va qaroqchi» (mehmon baxti), «Afandi va Azroil» (yu.Aliev), «Temir xotin» (Sh.Boshbekov), «Davlat bolala- ri» (R.Muhammadjonov), «Oltin jo’ja sarguzashtlari» (V.Orlov), «Qovurilgan o’rdak parvozi» (Tafuk al Hakim, To’ra Mirzo), «oybolta va Toshpo’lat» (R.Qodirov, A.Qayumov), «yolg’onchi dar- kor» (D.Psafos), «Adashganlar» (T. Muhiddin), «besh kunlik kuyov» (Shuxrat), «Yo shoh, yo Afandi, yo …»(Sh.Azimzoda) va b. teatrda sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatr jamoasi teztez viloyatlarga chiqadi va spektak- llardan tashqari teatrlashtirilgan satirik tomoshalar uyushtirib tura- Di. X. Sa’diev, E.Karimov, R. Karimo- va, B. Ixtiyorov, S.Devonov, T.Sodiqov, M.Nurmatov, Z.Ismoilova, A.Ibotulina, B.Umurzoqova, O.Egamberdieva, E.Jo’lliev kabilar teatrning etakchi AK- tyorlaridir. Badiiy rahbari va direkto- ri — Mavlon Xo’jaev. Mohina Ashirova.