Savmak qo’zg’oloni

Savmak qo’zg’oloni Bospor podsholigida Savmak rahbarligida skiflar ko’targan qo’zg’olon. S.q.ga bo- spor podshosi Perisad V b-n Pont lash- karboshisi Diofant o’rtasida Bospor podsholigini Mitridat VI (Pont podsho- si)ga topshirish to’g’risidagi shartnoma sabab bo’lgan. Ko’zg’olon paytida Bospor skiflarining yo’lboshchisi Savmak pod- sho Perisad V ni o’ldirgan. Diofant esa Xersonesga qochgan (taxm. ma’lumotlarga ko’ra, aslida Savmak qul bo’lgan, Perisad V saroyida ulg’aygan). Qo’zg’olonchilar Bosporning butun Evropa qismini egal- laganlar. Qo’zg’olonda qaram dehqonlar, hunarmandlar va qullardan iborat skif xalqi qatnashgan. Bospor davlatining yirik quldorlari hukmronlikni saqlab qolish uchun hokimiyatni Mitridat VI ga topshirish b-n mustabid rejimni o’rnatmoqchi bo’lganlar. Ularning bu re- jasini amalga oshirishga S.q. to’sqinlik qilgan. Savmak bir yilgacha Bospor podsholigini boshqargan. Mitridat VI Sinopga Diofantning katta jazo eks- pedisiyasini yuborgan. Qrimda unga Xersones otryadlari qo’shilgan. Diofant qo’shinlari Feodosiyani ishg’ol qilib, Kerch ya. o.dan o’tib, Pantikapeyni bosib olganlar. Qo’zg’olon bostirilgan, Savmak asir olinib, Sinopga yuborilgan. Bo- spor davlati esa Mitridat VI qo’l ostiga o’tgan.