Savri surxoni

Savri surxoni — ertapishar mahalliy gilos navi. Shoxshabbasi g’uj, asosiy shoxlari o’rtacha yo’g’onlikda. 20 yoshida balandligi 10 metrdan ortadi. Barglari o’rtacha, tuxumsimon, gullari yirik, to’pgulda 2-3 tadan joylashgan. Mevasi aprel oxiri — mayning lo’n kunligida pishadi. Mevasi yumaloq, yuraksimon, shirali, po’sti yupqa, yaltiroq, to’q qizil. Tarkibida 18% gacha qand, 0,32—1,28% kislota va S vitamini bor, vazni 3-3,5 gramm. Ko’chati o’tqazilgach, 4-yili hosil beradi. Sovuqqa chidami o’rtacha. O’zbekistonda aprel boshlarida gullaydi. To’liq hosilga kirgan daraxti 50-60 kilogrammgacha hosil beradi. Yangiligida iste’mol qilinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi. Kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli. Asosan, tomorqa bog’larga ekiladi.