SAYFIDDIN BOHARZIY
SAYFIDDIN BOHARZIY (1190.8.9. Xurosonning Boharz qishlog’I — 1261.20.10, Buxoro) — kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, mu- tasavvif va Shayx. Hirot va Nishopur madrasalarida tahsil olgan. Makka va Madinaga safar qilgan. Keyinchalik Xo- razm va Buxoroda muqim yashagan. Ko’hna Urganchda Najmiddin Kubrossh tasavvuf ta’limotini o’rgangan va uning xalifa- si sifatida keyinchalik kubroviylik tariqatini rivojlantirgan. S. B.dan ku- broviylikning hind shoxobchasi — fir- davsiya boshlanadi. Jomiyiint yozishicha, S. B. Kubro tomonidan Buxoroga yuborilgan va u bu erda 40 y.dan ortiq yashagan. U mo’g’ullar bosqiniga qattiq qarshilik ko’rsatgan. S. B. ning xalq o’rtasidagi kuchli nu- fuzidan cho’chigan mo’g’ul hukmdorlari u b-n hisoblashishga majbur bo’lishgan. «Tarixi Banokatiy» (15-a.) asarida keltirilishicha, mo’g’ul xoqonlari Mun- kexon (1251-60), Hulaguxon (1256-65), Xubilayxon (1260-94)larning onasi — Suyurko’ktani beka (Tuluyning bevasi) Buxoroda Xoniya madrasasi va xonaqoh qurdirib, unga juda ko’p qishloqlarni vaqf qilgan hamda Shayx SB. ni mudarris va mutavalli qilib tayinlagan. Turki- stondagi ijtimoiy-siyosiy hayotda Shayx- ning o’rni katta bo’lgan. Oltin O’rda xoni Berkaxon ham unga e’tiqod qilib Buxo- roga kelgan va pirga murid tushib, is- lom dinini qabul qilgan (13-a.ning 50y. lari). Berkaxon musulmon bo’lgach, o’ziga Barakaxon nomini olgan va shim. Kavkaz- dan to Sibirgacha cho’zilgan ulkan davla- ti hududida Islom dinini joriy qilib, masjid va madrasalar qurdirgan. Bu voqeadan so’ng S.B.ga Shayx ulolam (olam shayxi) unvoni, Buxoro sh.ga esa, Buxoroi sharif maqomi berilgan. S. B. Arab va fors tillarida «Sharh alasmo alhusno» («Allohniug go’zal ismlari sharhi»), «Risola dar ishq» («Ishq haqida ri- sola»), «Voqeai xilvat» («Xilvatdagi voqea»), «Ruboiyot», «ro’znoma», «vasi- yatnoma» va b. asarlar hamda to’rtliklar yozgan. S. B. Fathobod mavzeida (qarshi darvozasi ro’parasida) dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan (q. Say- fiddin Boharziy maqbarasi). Ad.: Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat (mukammal asarlar to’plami, 20 j.li), 17j., T., 2001; Trimingem Dj., Sufiyskie ordena v islame, M., 1989; Gafurova R. L., Kitobi Mullazade, T., 1992; Buxoro Sharq durdonasi, T., 1997. Qahramon Rajabov.