Sayil

Sayil — yilning ma’lum fasl- larida o’tkaziladigan sayillar, sayrto- moshalar. S.lar odatda Navro’z va diniy bayramlar (ro’za va Qurbon hayitlari) da va yilning qulay paytlarida ta- shabbuskor kishilar tomonidan tashkil etilgan. S shaharlarda, Registon may- donlarida, Chorsu va rastalarda, Shahar tashqarisidagi sayilgohlarda, shuning- dek, qadamjolarda o’tkazilib, bir ikki hafta davom etgan. Sayilgohlarda osh- xona, choyxona, nonvoyxonalar qurilgan, mevacheva, attorlik, baqqollik do’konlari ochilgan. Poyga, uloq, ko’pkari, ku- rash, chavgon musobaqalari, Darvoz, Hofiz, sozanda, raqqos, masxaraboz, qiziqchilarning chiqishlari, ayiq, ilon o’yinlari, tuya, Qo’chqor, xo’roz, it urishtirish, mushakbozlik tomoshalari ko’rsatilgan. O’zbekiston mustaqilligidan so’ng xalq S.lari mazmunan o’zgarib, ko’proq milliy tus oldi. Umumxalq bayramla- ri: Mustaqillik kuni, o’qituvchilar va murabbiylar kuni, O’zbekiston Respu- blikasi Konstitusiyasi kunlarida S.lar uyushtirilmoqda. Bahorda o’tkaziladigan Navro’z sayli, sumalak sayli, gul sayli, boychechak sayli, chuchmoma sayli, tut say- li, yozning boshida suv sayli, o’rik say- li, olma sayli, kuz faslida qovun sayli, uzum sayli va boshqa S.lar mavjud. Ad.: Qoraboe v u., O’zbek xalqi bay- ramlari, T., 2002.