Saylov huquqi

Saylov huquqi — 1) davlat boshlig’i, vakillik organlari va b. ni saylash tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar yig’indisi. Konsti- tusiyaviy huquqtarkibiga kiradi. S.h., odatda, Konstitusiya va saylov tugrisi- dagi maxsus qonunlar b-n belgilanadi. Ularda nomzodlar ko’rsatish tartibi, va- killik normalari, ovoz berish natija- larini aniqlash tartibi va b. belgilab beriladi. O’zbekiston Respublikasida S.h. O’zbekiston Respublikasining Konsti- tusiyasi, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenta saylovi to’g’risida» (1991 y., 18 noyab.), «O’zbekiston Respublika- sining referendumi to’g’risida» (yangi taxriri, 2001 y. 30 avg.), «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida» (yangi taxriri, 2003 y. 29 avg.), «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida» (1994 y. 5 may), «fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida» (1999 y. 14 apr.), «Fukdrolar saylov huquklarining kafolatlari to’g’risida» (1994 y. 5 may), «O’zbekiston Respubli- kasida deputatni chakirib olish tar- tibi to’g’risida»gi (1996 y. 26 apr.) qonunlar va b. hujjatlarda o’z ifoda- sini topgan; 2) fuqaroning saylovda ovoz berishda ishtirok etish, saylash huquqi (faol S.h.) va saylov asosida tashkil etiladigan davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini uzi boshqarish organlariga saylanish huquki (passiv S.h.). O’zbekistonda fuqarolarning faol S.h umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri va yashirin ovoz berish printsiplari aso- sida amalga oshirilishi belgilangan. O’zbekistonda saylash huquqiga O’zR kon- stitusiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, 18 yoshga etgan barcha O’zbekiston fuqarolari egadirlar. Bu umumiy ovoz berish huquqi hisoblanadi. Teng say- lov huquqida O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining jinsi, irqiy va mil- liy mansubligi, tili, dinga munosaba- ti, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lu- Moti, mashg’ulotining turi va xususi- yatidan qat’i nazar, teng ovoz berishda ishtirok etishi tushuniladi. To’g’ridan to’g’ri S.hda O’zbekiston Respublika- si fuqarolarining saylovda shaxsan o’zi ishtirok etib, biron bir shaxsning ko’rsatmasisiz o’z xohish irodasini ifoda etib ovoz berishi ta’minlanadi. Yashirin ovoz berish S.h.da O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda ovoz berayotganda boshqa biron bir shax- Sning ishtirokisiz o’z xohishini yashirin bildirish imkoniyati ta’minlanishi tu- shuniladi. O’zbekiston fuqarolarining passiv S.h. quyidagicha belgilangan: fuqarolar xalq deputatlari maxalliy Kengashi deputatligiga saylanish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis Qonunchilik pala- tasi deputatligiga va Senatga saylanish uchun 25 yoshga, respublika prezidentli- giga saylanish uchun esa 35 yoshga etgan bo’lishi kerak. Prezident bo’lib sayla- nish uchun nomzod saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan bo’lishi va davlat tilini yaxshi bilishi, Oliy Majlisning quyi va yuqori pala- talariga deputatlikka saylanish uchun kamida so’nggi 5 yilda O’zbekistonda doimiy yashagan, jinoyat qonunchiligi bo’yicha oldin og’ir jinoyat sodir etib sudlanmagan bo’lishi kerak. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining raisligi (oqsoqol)ga tav- siya etilayotgan shaxs, qoida tariqasida, oliy ma’lumotli bo’lishi, tashkilotchi- lik qobiliyatiga, rahbar lavozimida ish tajribasiga, aholi o’rtasida hurmat va obro’e’tiborga ega bo’lmog’i zarur. S.h. siyosiy partiyalar, jamoat bir- lashmalari va b. nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirishda ham amal qiluvchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklari tizimiga kiradi. Bu O’zRning Konstitu- tsiyasi va qonunlari b-n kafolatlangan. Abdujabbor To’laganov.