SAYLOV TIZIMI

SAYLOV TIZIMI — saylov o’tkazish tartiblarining hamda ularni o’rnatuvchi huquqiy normalarning majmui bo’lib, siyosiy hokimiyatning vakillik organlarini legitm tarzda shakllanishini ta‘minlovchi va tartibga soluvchi qoidalar, vositalar, harakatlar birligi hisoblanadi. Saylov tizimi davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bo’lgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan o’zaro munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini o’z ichiga oladi. Saylov tizimi – saylov jarayonini tartibga soladi, u qonunchilik asosida amal qiladi. Qonunlarda nomzodlarni ilgari surish tartibi, ularga qo’yiladigan talablar, ovoz berish va ularni hisoblash, OAV laridan foydalanish tartibi, moliyalashtirish manbalari aks etadi. Vakolatli demokratiyada saylovlarning uch turi mavjud: majoritar, proporsianal, aralash saylov tizimlari mavjud.