Saylov tsenzlari

Saylov tsenzlari — Konstitu- tsiya yoki saylov tugrisidagi qonunlarda belgilangan saylov huquqinn amalga oshirishda o’rnatilgan shart va cheklov- lar. Tsenzlar turli xil bo’lishi mumkin: jins va yosh tsenzi (ayollarning saylov huquqini amalga oshirishiga ruxsat be- rish yoki cheklash; muayyan yoshga to’lganda saylov huquqini amalga oshirish); ij- timoiy va mulkiy tsenz, ma’lumotlilik, o’troqlilik, fuqarolik tsenzi va b. TSI- vilizasiya rivojlana borgan sari, u yo bu tsenzlar inkor etila borgan. Mas, dastlab saylov xuquqi faqat erkaklarga beril- gan, lekin 20-a.ga kelib erkaklar va ayol- lar huquqi tenglashtirilgan. 19 va 20-a. larda tabaqaviy va mulkiy tsenzlar keng qo’llanildi. Muayyan tabaqa vakillari (ishchilar, dehqonlar, harbiy xizmatchi- lar va b.)ning saylovlarda ishtirok eti- shiga yo’l qo’yilmagan, muayyan mulk va da- romadga ega bo’lgan shaxslargina saylash xukuqiga ega bo’lgan. Mulkiy, jinsiy, irqiy tsenzlar demokratiya tamoyilla- riga to’g’ri kelmasligi uchun ulardan voz kechildi. Hoz. vaktda har bir davlatning saylov to’g’risidagi qonunlarida sts. belgilangan doirada amalda mavjuddir. Sadriddin Xidirov.