Sayo jangi

Sayo jangi (1241) Botuxontj Vengriya qiroli Bela IV b-n qilgan jangi. Pesht sh. qamalini bo’shatib qaytayotgan mo’g’ullar yo’lini to’sish, sayo daryosi ko’prigini qo’riklash maqsadida Venger qo’shini qo’yilgan. Botuxon qo’shinining bir qismi ularni 7 ta manjaniqsan o’qqa tutib quvib yuborgan va daryodan o’tib Venger qarorgohini qurshovga olgan. Vengerlar sarosimaga tushib qolganlar, ularning qurshovni yorib chiqish uchun qilgan ikki hujumi natija berma- gan. Vengerlar istehkomlarini tashlab qocha boshlashgan. Mo’g’ullar ularga daxl qilmay o’tkazib yuboraverishgan, boshqa Venger jangchilari omon qolishning birdanbir yo’li qochish deb hisoblab oldingilar ketidan qochishga tushgan. Buni ko’rgan Bela ham qarorgohni tark etgan. Mo’g’ullar ularni ma’lum ergacha kuzatib borib, ular holdan toyganla- ridan so’ng bir hamla b-n yanchib tash- lashgan. Bu jangda Venger armiyasining katta qismi qirilib ketgan. Qirol o’z otining chopqirligi tufayligina jon saklab qolgan. Mo’g’ullar jangda tushgan o’ljalar ichidan qirol muhrini topib oladilar. Botuxon savodxon asirlar toptirib, ularga qirol nomidan uyla- rini tark etmasliklari haqida soxta xat yozdiradi. Vengerlar bu hiylaga uchib uylarida o’tirib yolg’onning qurboni bo’ladilar. Bu g’alabadan so’ng mo’g’ullar Peshtga yurish qilib, uni yalpi hujum b-n qo’lga olishgan, aholisini qirib tashlab, shaharni vayron etishgan. Ad.: Ivanin M., Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur, T., 1994.