«Sayqal»

«Sayqal» — ikki qismli, asosan, tanbur, g’ijjak va dutorda, 20-asr o’rtalaridan sozandalar ansambli tomonidan ijro etib kelinayotgan o’zbek mumtoz cholg’u kuylaridan. Ufar doira usuliga bog’langan. Shashmaqomdagi Segoh maqomi yo’llarining varianti bo’lib, «Segoh» va «Girya» ashulalariga hamohang. Kuy rivojida peshrav uslubi muhim rol o’ynaydi. Bastakorlar T. Jalilov va yu. Rajabiylar musiqali drama asarlarida Sayqaldan foydalangan. Sayqalning surnay yo’llari keng tarqalgan.