Sayqaliy, Hisoriy, Sobiriy

Sayqaliy, Hisoriy, Sobiriy (ta- xalluslari; ismi Sobir) (1730— Hisor — 1798) — shoir. «Qissai Ibrohim», «Rangnomai Imom Muhammad Hanafiya», «Ahtamnoma», «Ravzat ushshuhado» kabi diniydidaktik asarlari bor. Ularda Sharkda mashhur ayrim syujetlar qisqa bayon etilgan. G’azal, muxammas, musaddas, musamman va masnaviylarida zamonasi- dan, haqsizlik va qashshoqlikdan shi- koyat qilgan, insonni, uning sevgisini ulug’lagan. S. ijodida ishqiysarguzasht mazmundagi «Bahrom va Gulandom» do- stoni alohida ahamiyatga ega. Asar mas- naviy va lirik janrlarda aralashtirib yozilgan. Kirish qismida 20 dan ortiq ishqiy syujetlarni sanaydi. Uning asa- rida xalq og’zaki ijodidagi Bahrom ob- razi asosiy qahramon qilib olingan. Rum shahzodasi Bahromning chin Malika- si Gulandomga oshiq bo’lishi va ularning sarguzashtlari asarning asosiy syujeti- ni tashkil etadi. Asarda mardlik, Vatan- parvarlik, sadoqat, maqsadga intilishda sobitqadamlik kabi olijanob insoniy fazilatlar tarannum etilgan. S. asarla- ri Markaziy Osiyo, Qozog’iston, tatari- ston va b. joylarda keng tarqalgan, bir necha bor nashr etilgan. Qo’lyozma nusxala- ri Sankt-Peterburg, Toshkent, Ashxobod, Dushanba, Samarqand kabi shaharlardagi qo’lyozmalar fondlarida saqlanadi. Ac: Bahrom va Gulandom, T., 1960. Ad.: Abdullaev V., O’zbek adabiyoti tarixi, 2kitob, T., 1967; O’zbek adabiyoti tarixi |5 j.li], 4j., T., 1978.