SAYRA

SAYRA (Cololabis saira) — sargansimonlar turkumiga mansub tuda bo’lib yashovchi dengiz balig’i. Uzunligi 36 santimetrgacha, vazni 200 grammgacha, tinch okeanning shimoliy qismi va Yapon dengizida tarqalgan. 5-6 yil yashaydi; 3-4 yoshida voyaga yetadi. Yanvar — iyun oylarida Yapon dengizi Janub qismiga 9-23 ming uvildiriq tashlaydi. Uvildiriqlari yopishqoq iplar yordamida suv o’tlariga ilashib qoladi. Plankton bilan oziqlanadi. Ovlanadi.