Sayram

Sayram — qadimgi shahar va VI- loyat. Aris daryosi vodiysida (Chimkent sh.dan 8 km uzoqlikda) joylashgan. Ta- rixda Isfijob, O’rungkent, Ettikent, Madinat ulbayzo, Saryom nomlari b-n qayd etiladi. S. qal’asining qad. o’rni 28 ga dan ko’proq joyni egallagan. Qal’a birinchi marta 840 y.da Somoniylar amiri Nuh ibn Asad tomonidan bunyod etilgan. Ko’chmanchilardan saqlanish uchun devor juda qalin qilib qurilgan. Shaharning barpo etilgani yaqin payt- largacha 1,5 ming yildan ko’proq vaqt o’tgan deb yuritilardi. 1988 y.gi arxeo- logik qazishmalar shaharning ancha il- Gari bunyod qilinganligini isbotladi. Qad. ajdodlar yashagan manzilgohdan Іa.ga oid buyumlar topildi. 6— 19-a. davomi- da S. 13 marta bosqinchilar hujumining guvohi bo’lgan. Manbalarda S. nomi bi- rinchi marta Xitoy sayyohi Syuan Szan (7-a.) tomonidan tilga olinadi. Arablar bosib olguniga qadar, S xalqi buddizm, zardushtiylik, xristianlik dinlariga e’tiqod qilgan. Mas, uning ko’hna dar- vozalaridan birining nomini budda ibodatxonasi sifatida tarjima qilish mumkin. Muhammad Shayboniyxon 15-a. oxirida O’tror, yassi va S. shaharlarini o’z qo’liga oladi. Bu davrdagi tarixiy yodgorliklardan Abdul Aziz bobo va Qorasoch maqbarasi diqqatga sazovordir. 1510 y. qozoqxoni Qosimxon Shayboniy- lar qo’shinini tormor qilib, S.ni tosh- kentga boradigan muhim tayanch manziliga aylantirdi. Bu va undan keyingi Sulton Abulxayr davrlarida Sdan 3 km uzo- klikda joylashgan Mortepada qozoklar davlatining kichik juz, O’rta juz va katta juz vakillari har yili may oyida to’planishib, qarorlar qabul qilishgan, keyin uni Turkistonda tasdiqlashgan. Ular e’zoz b-n S.ni ona shahar, Turki- stonni ota shahar deb bilishgan. 1683 y. S. Abulxayr ixtiyorkda bo’lgan bir paytda jung’orlar (qalmoqlar) hujumi boshlanadi. Qalmoq xoni Xuntayji S.ni talagan. 40 ming asir haydab ketilgan. Asirlar bir yil mobaynida ili Daryo- si bo’yida ushlab turilgan, so’nfa qad. Turfang’a haydab ketilgan. Keyinchalik asirlar Qashqarda o’zlarining boy S. shaharini barpo etishgan. 1758 y. S Qo’qon xonligi hududiga qo’shib olindi. 1864 y. Rossiya bosib olgan. 1917 y.ga qadar S.da 35 ta masjid bo’lgan. Hoz. kunga kelib saqlanib qolgan tarixiy yodgorliklar: Qozi Bayzovo maqbarasi, jome masjidi qoldiqlari, Xizr masjid yonidagi meza- na, Mirali bobo maqbarasi, shuningdek, shahar markazidagi er osti yo’li (uz. 3 km dan ortiq). Dushman hujum qilgan paytda aholi ushbu er osti yo’lidan foy- dalangan. Shahar eski qal’asini buzish paytida 13-a.ga oid tanga pullar, birbi- riga ixcham kiydirilgan sopol quvurlar, sopol buyumlar, eski o’choq o’rni va b. to- pilgan. Ahmad Ergashxo’jaev.