Sayxun

Sayxun (1991 yilgacha Verxnevolinskoe) — Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi shaharcha (1984 yildan), tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — baxt (14 kilometr). Sayxundan viloyat markazi (Guliston shahri) gacha -42 kilometr. Aholisi 5439 kishi (2003). «O’ng tarmoq» kanalidan suv oladi. Sayxunda, asosan, yengil sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, davlat va ma’muriy tashkilotlari, 2 umumiy ta’lim maktabi, litsey-maktab, 2 kasb-hunar kolleji, Markaziy kutubxona va uning 3 ta tarmog’i, Markaziy kasalxona (160 o’rin), Markaziy poliklinika va bolalar poliklinikam, shuningdek, 4 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud.