Sayyid Qosimiy
Sayyid Qosimiy (15-a.) shoir. Asarlaridan ma’lum bo’lishicha, S q. muhtojlikda kun kechirgan. Sharq klas- siklari ijodini chuqur o’rgangan. Shoir- ning bizgacha 4468 misradan iborat «maj- ma’ulaxbor» (1456-57), «Haqiqatnoma» (1458-59), «Sadoqatnoma», «Gulshani roz» didaktik asarlari etib kelgan. Ularda zamonasining ijtimoiy-siyo- siy, axloqiyta’limiy masalalari aks etgan. «Majma’ulaxbor» dostoni ni- zomiy va Haydar Xorazmiyning «Maxzan ulasror»iga Nazira sifatida yozilib, Sulton Abdusaid Mirzo (hukmronligi: 1451-69)ga bag’ishlangan. Farididdin Attorning «Ilohiynoma» siga javob tariqasida «Sadoqatnoma» asarini yoz- gan. «Gulshani roz» shahar hokimi ja- moliddin Sayyid Mazid haqida, unda Sayyid Mazid ma’rifatparvar, Odil, xalqqa va ilm ahliga g’amxo’r kishi si- fatida tasvirlangan. Asarda muallif- ning orzuumidlari bayon etilgan, uning yozishicha, inson o’zidan so’ng ikki narsa — shirinso’zlik hamda to’g’rilik, po- klik b-n qilingan ish qoldirishi kerak. Toki u o’lgandan keyin kishilar yaxshi inson sifatida eslab yursinlar. Asar- lari qo’lyozmasi Hindistonning Ram- pur sh.dagi «Rizo» kutubxonasida (inv. №753, 48, 85), fotonusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. As: masnaviylar majmuasi, T., 1992. Ad.: Qosimxonov B., Sayyid Qosimiyning adabiy-didaktik Doston- lari, T., 1987.