SCHYOT (HISOB)
SCHYOT (HISOB) – pul mablag’larining muayyan bir yo’nalish bo’yicha harakatini ifodalovchi (bayon qiluvchi) buxgalteriya hisobining yozuvlar majmuasi. Schyotda buxgalteriya balansining bir yoki bir-birlariga yaqin bir nechta moddalari birlashtirilib, hisobkitob qilinadi. Schyot jadval ko’rinishida bo’lib, u ikki qismga bo’Iinadi: chap tomoni debet, o‘ng tomoni esa kredit. Aktiv moddalarni hisoblashga mo’ljallangan schyotlar aktiv schyotlar, passiv moddalarga taalluqli schyotlar esa passiv schyotlar deyiladi. Aktiv schyotlar debetida mablag’larning ko’payishiga, kreditida esa kamayishiga olib keluvchi operatsiyalar ko’rsatilsa, passiv schyotlarida buning teskarisi bo’ladi.