SDR

SDR (ing. Special Drawing Rights, SDR), maxsus qarz olish huquqlari — xalqaro zaxira va to’lov vositasi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan chiqariladi. Birinchi marta 1970 y.da 9,5 mlrd. dollar, 1978-81 y.larda umumiy miqdori 21,3 mlrd. dollar miqdorida chiqarilgan. SDR tizimida faqat XVF ga a’zo davlatlargina ishtirok etishla- ri mumkin. SDR faqat rasmiy, davlat- lararo darajada amal qiladi va Mar- kaziy banklar va xalqaro tashkilotlar tomonidan muomalada qo’llaniladi. SDR emissiyasi XVF Ijroiya kengashi- ning xalqaro likvid zaxiralar etishmay qolganligi va ularga Fondning Max- sus hisobvaraqlarida kredit qaydlari ko’rinishida ehtiyojlarni baholash to’g’risidagi xulosasiga ko’ra amalga oshiriladi. SDRga a’zo mamlakatlar o’rtasida ularning XVF dagi kvotalari- ga mutanosib holda taqsimlanadi. Mam- lakatlarga SDR berilishi ulardan oltin yoki valyuta badallarini talab etmaydi, SDR ning amal qilishi davlatlararo kelishuvlarga asoslanadi. Shuningdek, XVF va uning boshqaruvchilari kengashi qaroriga ko’ra, XVF ga a’zo bo’lmagan mamlakatlar, rasmiy maqomga ega bo’lgan boshqa xalqaro, mintaqaviy va milliy muassasalar xam SDR dan foydalanish- lari mumkin. Tijorat banklari va xusu- siy shaxslar SDR egalari bo’la olmaydi. Dastlab SDR qiymati AQSh dolla- ri oltin mikdoriga tenglashtirilgan. 1974 y. iyun oyidan uning kursi eng ko’p tovar va xizmatlar eksporta hajmwva x^lda. rasshhy otstal yajetaot taxira- lariga ega bo’lgan 16 mamlakat valyuta- larining o’rtacha kursi asosida belgila- nadigan bo’ldi. Valyuta savati tarkibi va miqdoriy ko’rsatkichlari har 5 yilda qayta ko’rib chiqiladi. SDR qiymati va valyuta savati tarki- bini anikdash oxirgi marta 2000 y. okt. oyida o’tkazilgan va 2001 y. yanv. Oyidan kuchga kirdi. 2001-2005 y.lar uchun SDR qiymati 4 asosiy valyuta (AQSh dollari, Bukj Britaniya funtsterlingi, evro va Yaponiya ienasi) bo’yicha har kuni London birjasida belgilanadi. 2003 y. 4 noyab. da 1 SDR rasmiy kursi 1,43 AQSh dolla- riga teng bo’ldi. O’zbekiston Respublika- si valyutasi — so’mga nisbatan SDR kur- si: 1 SDR =1460 so’m 35 tiyin (2004, 20 yanv.). Farhod Qurbonov.