Sechenov Ivan Mixaylovich

Sechenov Ivan Mixaylovich [1829.1(13).8, Rossiya, hoz. Nijniynov- gorod viloyati, tepliy Stan (Sechenovo) qishlog’i -1905.2(15).I, Moskva] — rus tabiiyotshunosi, Rossiyada fiziologiya maktabi va psixologiyada tabiiyil- miy yo’nalish va bosh miya reflekslari to’g’risidagi ta’limotning asoschisi. Pe- terburg FA faxriy akad. (1904), muxbir a’zosi (1869). Moskva un-tining tibbiyot ftini tugatgan (1856). Peterburg xirur- giya akademiyasining fiziologiya kafedra- sini boshqargan (1860 y.dan), fiziolo- giya lab. sini tashkil qilgan. Moskva un- ti fiziologiya kafedrasi privatdosenti (1889), prof. (1891 y.dan). S. gomeostaz orqali o’z-o’zini boshqarish haqidagi fikrni ilgari surdi (1861). Bosh miya markazlarining harakat aktivligiga ta’siri to’g’risida tajriba o’tkazib, baqa uzunchoq miyasi va ko’rish do’mboqchalariga osh tuzi b-n ta’sir etilganda oyokdar- ning reflektor yo’l b-n harakatlanish reaktsiyasi to’xtab qolishi sabablarini tadqiq etadi va psixik jaraenlarning fiziologik asoslarini ochib beradi (1862). S. darvshshjtl targ’ib qilib, uni fiziologiya va psixologiya masalalariga ham tatbiq etdi. 1890 y.da u psixofizi- ologiya va bilish nazariyasi masalalariga oid muammolarni o’rgandi. As: Izbr. Filosofskie i psixologi- cheskie proizvedeniya, M., 1947; izbran- Nie proizvedeniya, t. 1, M., 1952; reflek- si golovnogo mozga, M.,1952.