SEDIMENTASION ANALIZ

SEDIMENTASION ANALIZ – dispers sistemalardati zarralarning o’lchamini va polimerlar eritmasidagi makromolekulalar mol. m ni sedimen- tasiya tezligi bo’yicha aniqlash usulla- ri majmui. Bu usullar dispers likning o’rtacha tavsifini, shuningdek, zarra- larning o’lchami yoki massasi bo’yicha taqsimlanish egrisini (polimerlar uchun Molekulyarmassaviy taqsimlanishni) aniqlashga imkon beradi. Zarralar o’lchami 1 mkm.dan katta bo’lgan dag’al dis- Pers sistemalar (suspenziya, emulsiya) uchun gravitasion maydondagi sedimen- tasiya, kolloid sistemalar va polimer- lar eritmasi uchun markazdan qochma kuch maydonidagi sedimentasiya qo’llanadi; markazdan qochma tezlanish 100 000 gacha tenglashib, ultratsentrifugalarda ro- torning aylanish tezligini minutiga bir necha o’n minglabgacha etkazadi.