SELA (SELA) KAMILO XOSE

SELA (SELA) KAMILO XOSE (1916.11.5, Lakorunya viloyati, Padron shaharchasi) — ispan yozuvchisi, akademik (1957). Madridda va Angliyada huquq ilmini o’rgangan. Jami 70 ga yaqin kitob yozgan. Romanlari va hikoyalarining bosh mavzui — hozirgi jamiyatdagi odamning nochorligi, fojiaviy ahvoli. Eng yaxshi romanlari — «Pasqual Duartening oilasi» (1942) va «Asalari uyasi» (1951)da hayotning nochorligi, tutruqsizligi mavzui tilga olinib, Ispaniyaning Franko davridagi hayoti misolida yoritilgan. «Alkorriyaga sayohat» (1948), «bekor vaqtlar g’iddiragi» (1957) ocherklar to’plamlarida xalq hayoti, unda o’z o’rnini topa olmagan inson fojiasi hujjatdatillar asosida xolislik bilan tasvirlangan. «Tormeslik Lasariloning yangi sarguzashtlari va musibatlari» (1944) asari bilan makr-hiyla mazmunidagi roman janrini qayta tiriltirishga uringan. Haddan tashqari mubolag’aga boy hikoyalari «Ispaniya hikoyalari. Ko’rlar va tentaklar» (1957) to’plamida jamlangan. P.Pikasso bilan birgalikda «Sevgisiz latifalar to’pla-mi» (1962) ni nashr ettirgan. «1936 yil Madridda avliyo Kamilo kuni arafasi, bayrami va bayramdan keyingi hafta» (1969) romanida Ispaniyadagi fuqarolar urushi (1936— 39) qurbonlariga chuqur hamdardlik aks etgan. Nobel mukofoti laureati (1989).