Selderey, qafas
Selderey, qafas (Apium) — soya- bonguldoshlar oilasiga mansub bir, ikki va ko’p yillik o’simliklar turkumi; sab- zavot ekini. Evropa, Osiyo, Afrika, Ame- Rika va Avstraliyada 20 turi tarqalgan. Xushbo’y S. (A. graveolens) jahondagi barcha dehqonchilik mintaqalarida eki- ladi. Uning bargli S. (A. graveolens var. secalinum), ildizmevali S. (A.g. var. rapaceum) va bandli S. (A.g. var. dulce) xillari bor. Asosan, ikki yil- lik S. ekiladi. Birinchi yili 80100 sm poya chiqarib, barg to’plami, 2-yili poya chiqarib to’pgul hosil qiladi. Gulla- ri mayda, oq, chetdan changlanadi. Poyasi sershox. Bargi va ildizida 4,3% qand, S, V,, V2 vitaminlar, A provitamini, efir moyi, mineral tuzlar bor. Sovuqqa chi- damli, yorug’sevar, suvga talabchan. Urug’i fevr.mart oylarida sepiladi. Oshko’ki sifatida iste’mol qilinadi, go’sht, sab- zavot, konservalashda ishlatiladi.