Sellyuloza

Sellyuloza (fransuzcha – sellyuloza asli lotincha sellyula – katak so`zidan), kletchatka – o`simlik hujayralari po`stlog`ining suvda erimaydigan eng asosiy tarkibiy qismi, tabiatda eng ko`p tarqalgan polimerlardan biri. Sellyuloza o`simlik tolasi (paxta, zig`ir, konoplya) ning tarkibiy qismi, sun’iy tolalar, plyonka (sellofan), plastmassa, lak, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi.