Semyonov Aleksandr Aleksandrovich

Semyonov Aleksandr Aleksandrovich (1873.16.9, Tambov gubernya- si — 1958.16.11, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos. O’zbekiston FA muxbir a’- zosi (1943), O’zbekiston (1944)da xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, toji- kiston (1946)da xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Tojikiston FA akad. (1951), tarix fanlari D-ri (1942), prof. Tambov o’qituvchilar seminariyasini (1894)ni, Lazarev Sharq tillar in-tini tugatgan (1900). S. Zakaspiy viloyati statistika ko’mitasi kotibi (1900-06), Turkiston Ulka bosh boshqarmasi boshlig’i (1906— 08), Turkiston generalgubernatorli- gi qabulxonasida boshliq o’rinbosari (1908-11), generalgubernator qoshida diplomat (1911-16), Rossiyaning Buxoro- dagi rezidentmaslahatchisi (1917-18). 1919 y.da O’rta Osiyo un-tida, so’ngra tur- kiston Sharqshunoslik in-tida o’qituvchi. O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (1943-51)da ilmiy xodim, shu in-t Di- rektori (1943-48), Tojikiston FA ta- rix, arxeologiya va etnofafiya in-ti Di- rektori (1951-58). Toshkentda ochilgan un-t tashkilotchilaridan biri. Turki- ston arxeologiya yodgorliklarini va yozma manbalarini o’rgangan va qator tarixiy asarlarni rus tiliga tarjima qilib, chop ettirgan. S.ning ilmiy ishlari Xu- roson, Movarounnahr, Hindiston tari-XI, eti. si, arxeologiyasiga bagishlangan. S. 15-a. tarixi, Navoiy, Jomiy, Darvesh Ali Changiyning hayoti va ijodiga ba- gashlangan asarlar muallifi. As: Geratskaya Xudojestvennaya ru- kopis epoxi Navoi i ee tvortsi, M.L., 1946; Sredneaziatskiy traktat po muzi- ke Dervisha Ali (XV11 v.), T., 1946.