SEN-DENI

SEN-DENI — shahar, Reyunon orolining (Frantsiya mulki) ma’muriy markazi. Aholisi 110 ming kishi. Hind okeanidagi port (chetga shakarqand eksport qilinadi). Shakarqand, rom zavodlari, tibbiyot tarixi va san’atshunoslik muzeyi bor. Shaharga 1671 yilda asos solingan.