Sent-Luis
Sent-Luis — AQShning marka- ziy qismidagi shahar. Missuri shtatida. Aholisi 348,2 ming kishi (2000). Mis- suri daryosining Missisipi daryosiga quyilish joyidagi port. AQShning Yi- rik sanoat, savdomoliya markazlaridan. Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aviasiya, raketa- kosmik, radioelektronika, elektrotex- Nika, metallsozlik, neftni qayta ish- lash, kimyo, harbiy sanoat rivojlangan. Kora va rangli metallurgiya korxonalari bor. T.y. vagonlari ishlab chiqariladi. Oziqovqat, ko’npoyabzal, poligrafiya sa- noati korxonalari, 2 un-t bor. Shaharga 1764 y.da asos solingan. Shahar yaqinida qo’rg’oshin rudasi qazib olinadi.