SENUFO

SENUFO, sene, Siena — Mali, Burkinafaso va Kotd’ Ivuarda yashovchi xalq. Umumiy soni 3,8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Senufo tilida so’zlashadi. An’anaviy dinlarga e’tiqod qilish saqlangan, sunniy musulmonlar ham bor. Senufo dehqonchilik, chorvachilik, terimchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanadi.