Sepoya

Sepoya (fors.toj. se — uch va poya ) — to’g’on, damba qurishda, Daryo va anhorlarning qirg’oqlarini suv yuvib ketishidan saklashda ishlatiladigan moslama. Uchta poya birbiriga uchbur- chak shaklida mustahkamlanadi. Hosil bo’lgan uchburchakning orasi xarsang tosh va b. materiallar b-n to’lg’azilib, suv yo’li to’siladi, qirg’oq mustahkamlanadi. S.ni yasovchi ustalar sepoyachi deb atal- gan. 20-a.ning 40y.larigacha O’zbekiston irrigasiyasida ko’p qo’llanilgan. Yirik temirbeton to’g’onlar qurilishi b-n o’z ahamiyatini yo’qotdi.