Serblar
Serblar (o’zlarini srbi deb ata- shadi) — xalq. Serbiya va Chernogoriya- ning asosiy aholisi. Umumiy soni 10,16 mln. kishi, jumladan, Serbiyada 6,7 mln. kishi (1990y.lar o’rtalari). Serbxorvat tilida so’zlashadi. Etnogeneziga ko’ra, xorvatlarga yaqin. Ularning ajdodlari mil. 6-7-a.larda Bolqon ya.o.ga kelib illiriy va frakiy aholi b-n aralash- gan Jan. slavyan kabilalaridir. S. 12-a. da xalq sifatida shakllangan. Serbiya 14-a. oxirida turklar tomonidan bosib olingach, ko’pchilik S. mamlakat shim. ga ko’chib keta boshlagan. 1878 y.da Ser- biya to’la mustaqilikka erishgan. Din- dorlari — pravoslavlar, katolik va protestantlar, Sunn i y musulmonlar ham bor. S. dehqonchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, chorvachilik, baliq ov- lash, hunarmandchilik va ovchilik b-n shug’ullanadi.