Serjun echki zoti
Serjun echki zoti – bir xil tolalardan iborat yarim mayin jun bera- digan echki zoti. 1937-62 y.larda O’rta Osiyoda mahalliy dag’al junli echkilar- ni Angor zoti takalari b-n takroriy chatishtirish usuli orqali chiqarilgan. Tana tuzilishi chog’roq. Takalari o’rtacha 55-56 kg, echkilari 38— 40 kg keladi. Qirqib olinadigan jun chiqimi taka- laridan 3-4 kg, echkilaridan 1,2—2 kg. 4-5 oy emizish davrida echkilari 120 kg gacha sut beradi. Juni Angor tipida, yarim mayin, oq, tovlanuvchan, uz. 18-22 sm. Toza jun chiqimi 75-80%. S.e.z. baland tog’va dasht yaylovlarida yil davomi – da boqishga moslashgan. Uni takomil- lashtirish bo’yicha naslchilik ishlari davom etmoqda (2004). Bu echki zotidan mahalliy dag’al junli echkilarning jun sifatini yaxshilashda foydalaniladi. O’zbekiston (Namangan. Samarqand, Sur- xondaryo viloyatlari), Tojikiston (Sug’d viloyati), Qirg’iziston (O’sh, Jalolobod viloyatlari), Qozog’iston (Semipala- Tinsk viloyati), shim. Kavkaz va b. joy- larda boqiladi. Ad.: Vorobev P. A. i dr., Ovtsevod- stvo, kozovodstvo i texnologiya proiz- vodstva shersti i myasa, M., 1988.