Serologiya

Serologiya (lot. serum — zardob va …logiya) — immunologiya fanining bir bo’limi; qon zardobining immune xossalarini o’rganadi. Serologik reak- tsiyalar agglyutinasiya, passiv gemagglyu- tinasiya, presipitasiyaga va neytral- lash reaktsiyasi (mas, mikrobni), gemag- glyutinasiyani tormozlash reaktsiyasiga bo’linadi. Bir qancha «oddiy» reaktsiya- lardan murakkab serologik reaktsiyalar: bakterioliz, komplement bog’lash reak- tsiyasi vujudga keladi. Mikroorganizm- larning harakatchan turlarini aniklash (mas, zaxmda rangeiz treponemalarni immobilizasiya qilish reaktsiyasi), se- rologik reaktsiyalarning alohida turi- dir. Serologik reaktsiyalar infektsion va noinfektsion immunologiyada il- miy va diagnostika (q. Serodiagnosti- ka) maqsadida qo’llanadi. Ulardan qon quyishda, qon gruppasini, oqsillarning individual va o’ziga xos xususiyatlarini aniklashda foydalaniladi. Immun va diagnostik zardoblarni olish, ularning faolligini aniqlash xamda ta’sir etish mexanizmini o’rganish usullarini ish- lab chiqish S.ning asosiy vazifasidir.