SERTIFIKAT

SERTIFIKAT- (firan. certifikat- tasdiqlayman, guvohlikberaman) – l) Guvohlik beruvchi hujjatdir. Masalan: auditor sertifikati – e’lon qilingan firma balansining to’g’riligini tasdiqlovchi hujjat. Sug’urta sertifikati – bu sug’urta shartnomasining shartlari qayd etilgan hujjat. Aksionerlik sertifikati – bu o’z egasining jamiyat (kompaniya) kapitalining bir qismiga egaligini tasdiqlovchi hujjat. Tashqi iqtisodiy aloqalarda tovar sifati guvohnomasi va h.k. 2) Pul belgilarining turlari va uning o’rnini bosuvchi obligatsiyalarning bir xil turlari va maxsus davlat zayomlari, qarzgaberganlikhaqidagi guvohnoma sertifikat deyiladi. Sertifikat kredit tashkilotlari tomonidan chiqariladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarda tovar sifati guvohnomasi, sug’urta qilingan mulkka yetgan zarar tafsiloti, hajmi va sabablarini tasdiqlaydigan hujjat ham sertifikat deb ataladi.