«Serveyer»

«Serveyer» (ing. surveyor — iz- lanuvchi, tadqiqotchi) — AQShning oyga uchiriladigan avtomatik st-yalar va shu st-yalarni yaratish hamda uchirish dastu- ri nomi. Styaning diametri 4,27 m, bal. 3 m. «S.»ning erdagi massasi ~ 1 t, oyga qo’ngandan keyingi massasi ~ 285 kg. Avtomatik boshkarish sistemasi oyga qo’ndirish uchun mo’ljallangan raketa dvigateli b-n ta’minlangan. Bortiga i.t. asboblari, oy sirtini kuzatish uchun televizion kamera o’rnatilgan. Quyosh batareyasidan elektr energiya oladi. Stya- ning asosiy vazifasi — «Apollon» kosmik kemasini yaratishning ilmiy va texnik masalalarini hal qilish b-n bog’liq; unda bajarilgan tadqiqotlar: Oy tuprog’i tahlil qilindi, qo’nish pay- tida suyuq yonilg’ili raketa dvigatelidan chiqadigan yonilg’i mahsulotlari oqimi Oy tuprog’iga ta’siri o’rganildi hamda yumshoq qo’ndirish tizimi sinovdan o’tkazildi. 1966-1968 y.larda 7 ta «S.» uchirilgan.