Sey (Say) Jan Batist

Sey (Say) Jan Batist (1767.5.1, Lion — 1832.15.11, Parij) — Fran- suz iktisodchisi, tadbirkor, yirik burjuaziya mafkurachisi, erkin savdo va davlatning iktisodiyotga aralash- maslik tarafdori. S. 1819 y.da san’at va hunarmandlik milliy konservato- riyasida sanoat iqtisodiyoti kafedra- sini boshqardi, 1831 y.dan kollej de Fransda siyosiy iqtisod prof. A. Smit ta’limotini targab etish va uni to’liq izohlash bahonasida S. ustozining g’oyalarini rivojlantirdi va to’ldirdi. S. iqtisodchilardan birinchi bo’lib boy- likning mehnat nazariyasini naflilikka asoslangan sub’ektiv nazariya bilan al- mashtirishga urindi. U ishlab chiqarish. omillari nazariyasini asoslab qiymatni yaratish jarayonida mehnat, kapital va tabiat (ko’proq er)ning teng ishtiroki g’oyasini ilgari surdi. Ishlab chiqarish. ning omili narxi undan ishlab chikari- ladigan tovar narxi bilan, oxiroqibatda bu tovarga bo’lgan talab bilan belgila- nadi. S. umumiy tovarlar ortikchaligi mavjud bo’lishi imkoniyatlarini inkor etadi. S. tomonidan ishlab chiqarish (ta- Klif) o’ziga mos iste’mol (talab)ni yuza- ga keltirishi asoslangan bozorlar naza- riyasi (bozorlar qonuni; «Sey qonuni» deb ham ataladi) ta’riflab berildi. Asosiy asarlari: «siyosiy iqtisod ri- solasi» (1903), «siyosiy iqtisod katexi- zisi» (1917), 6 jildli «siyosiy iqtisod kursi» (1828 — 1830), «to’liq amaliy siyosiy iqtisod kursi» (1829) va b.