Seysmik razvedka
Seysmik razvedka – kon qidirishning geofizik usullaridan biri. U portlatish va zarba manbala- ridan har tomonga tarqalgan elastic to’lqinlarni o’rganishga asoslangan. Er pustila bu to’lqinlar eng chuqurda joy- lashgan tog’jinslarigacha borib etadi va ularga urilib qisman sinadi, qisman aks etib kaytadi. Er ustida bu to’lqinlarni seysmogrammalar sifatida Sr. stantsi- yalari yozib oladi. Seysmogrammalarni EHM va kompyuterlarda tahlil qilib, to’lqinlar o’tgan qatlamlarning geologic tuzilishi, struktura va uzilmalarning chuqurligi, tashkil etgan tog’jinslari- ning tarkibi va ular b-n bog’liq bo’lgan konlar kattakichikligini bilish mum- kin. S.r.ning bir qancha metodlari mavjud: kaytgan to’lqinlar, singan to’lqinlar, chuqurlikni zonalash metod- lari, umumiy chuqurliklar nuktasi ka- bilar. Bu er po’stining geologik tuzi- lishini, ayniqsa neft va gaz konlari geologiyasini o’rganishda va bu konlarni tashkil kilgan turli xildagi tektonik strukturalarni qidirib topishda, shu- ningdek, muhandislik geologiyasi va gi- drogeologik masalalarni echishda keng qo’llaniladi.