Seysmograf

Seysmograf (seysmo… va …graf) — zilzila yoki portlash paytida vujud- ga keladigan er tebranishlari va silki- nishlari (seysmik signallar) ni qayd qilish uchun mo’ljallangan asbob. Seys- mik signallarni qabul qiluvchi asbob — seysmometr va bu signallarni qayd qiladigan qurilmadan iborat. S.ning galvanometrik, elektrodinamik, pe- zoelektrik va b. turlari bor. Galvano- metrik S.ning asosiy kismlari — ta- Glik hamda unga biriktirilgan elastic yuk (mayatnik). Asbob tagligi tekshirish ob’ektiga mahkam o’rnatiladi. Ob’ekt tebranganda mayatnik taglikka nisbatan xarakatlanadi; bu harakat seysmometrda elektr signallariga aylantiriladi va mexanik yoki fotografik usudda yozib oli- nadi. Elektrodinamik S.da tebranishlar asbob korpusi orkali kayd kilinadi. Korpusga prujinalar b-n biriktirilgan inert yukka nisbatan S.ning siljishi tufayli er tebranishlari (silkinishla- ri) elektr signallarga aylanadi va qayd qiluvchi qurilmada yozib olinadi. Pezo- elektrik S. yordamida suyuq muhit (den- giz va burg’ilab ochilgan kuduklardagi suv) da zilzila yoki portlashlar ta’siri- da vujudga keladigan hajmiy sikilish to’lqinlari qayd qilinadi.