Shahrisabz shahri haqida eshitganmisiz?

Shahrisabz shahri haqida eshitganmisiz? – Qashqadaryo oblastida. Shahrisabz O’zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri bo’lib, u Kesh deb atalgan. Kesh kas so’zining fonetik varianti bo’lib, “shahar, markaz” degan ma’noni bildiradi. Kesh XIII asrda arablarga qarshi olib borilgan (Hakim Ibn Hoshim – Muqanna boshchilik qilgan) qo’zg’olonning markazi edi. Shaharni arablar bosib olgach, Kesh inqirozga uchradi. XIV-XV asrlarda shahar yana o’z mavqeini tikladi. Kesh Temurning vatanidir. Temur o’z shahrini juda sevgan. Bir vaqtlar uni hatto butun imperiyaning poytaxti qilmoqchi bo’lgan. Shaharni obodonlashtirgan. Shuning uchun ham uni Shahrisabz “yashil shahar, bog’ shahar, ko’kalamzor shahar” deb ataganlar.

Fikr bildirish