Shakar qay tariqa tayyorlanadi?

Eng avvalo — bir chimdim tarix. Ko’p asrlar davomida yevropaliklar uchun shakarning asosiy manbai asal bo’lgan. Tropik mamlakatlar kashf etilganidan keyin shakarqamish asal o’rnini egalladi. Tropik mamlakatlarda keng tarqalgan bu o’simlik mahalliy xalqlar tomonidan juda qadim zamonlarda kashf etilgan edi. Shakarqamishni ko’rgan yevropaliklar shakarni antiqa shirinliklardan biri sifatida Yevropaga keltira boshladilar. Ammo tez orada u hamma iste’mol qiladigan ne’matga aylandi. Hozirgi kunda bu o’simlikni Markaziy va Janubiy Amerikaning aksariyat mamlakatlarida maxsus parvarishlashadi. Shakarqamish qand ishlab chiqarish uchun asosiy manba hisoblanadi. Avvalida shakar biznesi ingliz va daniyalik matroslarning qo’lida edi. 1807 yilda Fransiya imperatori Napoleon deyarli butun Yevropani zabt etadi. Uning qo’li faqatgina Angliyaga yetmadi. Shunda Napoleon Angliya bilan savdo-sotiqni man qilgancha qit’aviy qamal joriy etadi. Va Yevropa shakarqamishsiz qoladi. Bunday vaziyat qandlavlagi ildizida ulkan miqdorda shakar borligi aniqlanmagunga qadar davom etadi. Shakarqamishdan farqli o’laroq, qandlavlagi ancha sovuq iqlimlarda ham yetila oladi. Shu tarzda, G’arbiy Yevropadagi eng muhim ishlab chiqarishlardan biri — qandavlagidan shakar olish dunyoga keldi. Ta’m sifatlariga ko’ra shakarqamishdan olingan shakar va lavlagidan olingan shakar deyarli hech bir xislati bilan farq qilmaydi. Qand lavlagi ayniqsa shirali tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. U katta ildiz hosil qiladi, uni barglardan tozalashadi va shakar zavodlariga qayta ishlash uchun jo’natishadi. U joyda qandlavlagini mayda bo’laklarga bo’lishadi. Ulardan ulkan pechlarda dimlanadigan sirop tayyorlanadi. Asta-sekin suv bug’lanadi, siropdan esa shakar va qiyom qoladi. Qiyomdan murabbo va sharbatlar tayyorlashda foydalanishadi, shakarni esa tozalashadi va dasturxonga tortishadi.