Shalandin Valdemar Sergeyevich

Shalandin Valdemar Sergeyevich (1924.12.12, Moskva 1944.10.1, Belgorod viloyati Yakovlev qishlogi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi tankchi, leytenant. 1942 yil Toshkentdagi tank harbiy bilim yurtini tamomlagan. 1943 yildan frontda. 1-gvardiyachi tank brigadasi (Voronej frontining 1-tank armiyasi) vzvod komandiri. Shalandin Belgorod viloyati Yakovlev qishlog’ida dushmanning qarshi hujumini qaytarishda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1944). Toshkentdagi kuchalardan biriga nomi berilgan.