Shakya, Sakya

Shakya, Sakya — qadimda kshatriylar oligarxik Respublikasi va Janubiy Himolay etaklari (Nepal)dagi qabila. Kapilavastu shahri respublikaning poytaxti bo’lgan. Budda an’anasiga muvofiq, Shakyamuni (Shakyatarki dunyo) laqabli buddizm asoschisi Siddhartha Gautama Shakya qabilasidan bo’lgan. Uning Shakyaga mansub dastlabki izdoshlari budda rohiblar jamoasining asosini tashkil etgan, shuning uchun Budda rohiblari ko’pincha Shakya deb ham atalgan.