Shagayev Erkin Maqsudovich

Shagayev Erkin Maqsudovich (1959. 12.2, Toshkent) — suv polosi bo’yicha Olimpiada o’yinlari chempioni (1980, Moskva), xizmat ko’rsatgan sportchi (1980). Shagayev ikki karra jahon kubogi g’olibi (1981, Sakramento; 1983, Los-anjeles), jahon chempioni (1982, Kito). Shagayev O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1981), «mehnat» sport jamiyatida yo’riqchi (1977— 1984), suv polosi bo’yicha respublika yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy (1984-1989), jamoat va davlat tashkilotlarida ishlagan (1984-1991). Pedagogika fanlari nomzodi (1990). Shagayev 1991 yildan Avstraliya terma jamoasida murabbiy.