Shamol tegirmoni

Shamol tegirmoni – shamol oqimining kinetik energiyasidan foydalanishga asoslangan qurilma (inshoot). Don yanchish va suv chiqarish uchun mo’ljallab quriladi. Dastlabki Shamol tegirmoni miloddan avvalgi 2— 1-asrda Misr va Xitoyda paydo bo’lgan. U inson qo’li bilan yasalgan birinchi mexanik dvigatel hisoblangan. Shamol tegirmoni korpus, to’rt yoki olti parrakli galdi rak (baraban), shamol dvigateli, tegirmon toshi, dvigateldan toshga harakat uzatuvchi oraliq mexanizmlardan iborat. Shamol tegirmoni korpusi, parraklari, dvigatellari, oraliq mexanizmlari, asosan, pishiq yog’ochdan yasalgan. Parrakli g’ildirakning diametri 15-24 metr bo’ladi. Suv tegirmoni va elektr tegirmon paydo bo’lganidan keyin ham ayrim joylarda Shamol tegirmoni o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Shamol tegirmoni, asosan, shamol kuchli esib turadigan hududlarda qurilgan. Shamol uncha kuchli esmaydigan, ammo suv serob bo’lgan joylarda, masalan, Markaziy Osiyoda suv tegirmonlari qurilgan (Shamol tegirmoni faqat Qozog’istonning shim. hududlarida bor, O’zbekiston hududida suv tegirmonlari qurilgan, Shamol tegirmoni yo’q).