SHAMPINON

SHAMPINON (Agaricus) Agarikadoshlar oilasiga mansub qalpoqchali zamburug’lar turkumi; ekma qo’ziqorin. 60 ga yaqin turi ma’lum. Shampinonning juft sporali (A. bisporus) turi keng tarqalgan bo’lib, maxsus nim qorong’i, salqin va nam muhitda (harorat 20-25°, namlik 80— 90%) so’kchaklarda yetishtiriladi. Shampinon qovurib, qaynatib (sho’rva), dimlab eyiladi, konserva qilinadi.