Shamsiddin Eldegiz
Shamsiddin Eldegiz – Ozarbayjon va shimoliy G’arbiy Erondagi turkiy Eldegiziylar sulolasi (1136— 74) asoschisi. Shamsiddin Eldegiz qipchoqqullardan bo’lib, Saljuqiylar vaziri Sumayrimiyning xizmatkori edi. Keyinchalik Sulton Mas’ud ibn Muhammad (1133-52) xizmatiga o’tgan, 1136 yil Janubiy Ozarbayjon va Arron noibi etib tayinlangan. Mas’ud vafotidan so’ng Ozarbayjondagi mulklarning mustaqil hukmdori va Erondagi Saljuqiylar sultonligining Regenti (vasiy)ga aylangan. Ozarbayjonning Janub va shimoliy qismini (Shirvon va Gruziya chegaralarigacha), G’arbiy Eronni o’ziga tobe etgan. 1166 yil Shamsiddin Eldegiz Syunikni qo’shib olgan.