Shanidar

Shanidar — tosh davriga oid g’or. Iroqning shimoldagi Zagros tog’larida joylashgan. Amerikalik arxeolog R.Soleskiy tomonidan tadqiq etilgan (1951-65). 5 ta madaniy qatlamdan iborat. G’orning yuqori qatlamida hozirgi va antik davrga oid ashyolar topilgan. Shanidarning eng quyi qatlamidan miloddan 44—48-ming yil avvalgi, muet’e davriga oid tosh qurollar va 9 ta neandertal odamlarining skeleti chiqqan. Bulardan pastroqda topilgan go’dak skeleti ulardan ham qadimiyroq — 60 ming yilga teng. Shanidar g’origa dastlab must’ye odamlari taxminan 100 ming yil avval kelib joylasha boshlagan.